22:32 / 09.04.2021
2664

O‘zbekistonda masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi

Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan viloyatdagi yana bir masjid ro‘yxatdan o‘tkazilib, guvohnoma berilgan. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan «Eshonquljon bobo» jome masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. So‘ng, uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirilgan. Shu tariqa O‘zbekistondagi masjidlar soni 2088 taga yetgan.

Ma'lumot uchun, shu paytgacha Surxondaryo viloyatidagi masjidlar soni 119 tani tashkil etgan. «Eshonquljon bobo» jome masjidi ro‘yxatga olinishi bilan ularning soni 120 taga yetgan.

Avvalroq, Samarqand viloyati Urgut tumanida, Namangan shahrining Davlatobod tumanida yangi masjidlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan va ular o‘z faoliyatini boshlagan edi.

Top