14:00 / 09.04.2021
4646
Yurak porogi bilan tug‘ilgan 2 yashar Yulduz zudlik bilan operatsiya qilinishi kerak

Sho‘rchi tumani Oftobmakon mahallasida yashaydigan Yulduz Aliyorova yurak porogi bilan tug‘ilgan. Uning jajji yuragidagi asosiy tomirlar noto‘g‘ri, ustma-ust joylashgan.

Bu haqda shifokorlar allaqachon xulosa qilishgan — jajji Yulduz operatsiya qilinishi shart. Qizaloqning onasi — Maftuna Yangiboyeva har ikki oyda qizalog‘ini Termiz va Toshkent shaharlariga tibbiy muolajaga olib boradi.

Yulduzning yuragida ikki bor jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerak. Dastlabki operatsiya uchun 45 mln so‘m kerak. Jarrohlik amaliyotini amalga oshirishni xususiy klinika o‘z zimmasiga olgan.

Onasi Maftuna Yangiboyevaning aytishicha, qizaloq qariyb 2 yosh bo‘lishiga qaramay yurish, o‘ynashga qiynaladi. Biroz o‘ynasa, charchab yotib qoladi. Darmonsiz.

Yulduzning otasi Akbar Rajabov sartaroshlik qiladi. Onasi uyida pishiriq qilib sotadi. Topganlari ro‘zg‘or va dori-darmondan ortmayapti. Otasi qizi kasalligi sababli uzoqroqqa borib ishlash imkoniyatiga ega emas. Xullas, oilaning yashash sharoiti og‘irroq.

Biz saxovatpesha hamyurtlarimizni Yulduzning operatsiyasiga baholi qudrat ehson qilishga chorlaymiz. Shoyad, Allohning inoyati, siz-u bizning beminnat yordamimiz, qo‘li yengil shifokorlarning sa'y-harakati tufayli jajji qizaloq dard ko‘rmagandek bo‘lib ketsa.

Xayriya mablag‘i ko‘chirish uchun:

UZCARD (Agrobank): 8600 0417 0793 2084

HUMO (Xalq banki): 9860 0803 4712 8086

Onasi Maftuna Yangiboyeva nomida.

 Sirojiddin Mamajonov tayyorladi.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top