18:12 / 10.04.2021
5653

Boy va kambag‘al mamlakatlardagi koronavirusga qarshi emlash sur'ati taqqoslandi

Barcha emlashlarning qariyb yarmi dunyo aholisining 11 foizini tashkil etuvchi 27 mamlakatda amalga oshirilgan.

Foto: AFP

Bugunga qadar dunyo aholisining besh foizga yaqini koronavirusga qarshi emlandi, ammo emlanganlarning katta qismi boy mamlakatlarda yashaydi, deb yozadi Bloomberg.

Agentlikning ma'lumot berishicha, jami emlashlarning 40 foizi 27 mamlakatda amalga oshirilgan bo‘lib, ular dunyo aholisining 11 foizini tashkil etadi.

Xuddi shuncha aholi yashaydigan eng qashshoq mamlakatlarda esa aholining 1,6 foizga yaqini koronavirusga qarshi emlangan. Shu tarzda kambag‘al mamlakatlarda emlash boy mamlakatlardagiga nisbatan 25 baravar sekin ketmoqda.

Barcha emlashlarning 24 foizi AQShga to‘g‘ri keladi, bu yerda dunyo aholisining 4,3 foizi istiqomat qiladi. Pokistonda esa Yer yuzi aholisining 2,7 foizi yashaydi, ammo mamlakatdagi emlash ko‘rsatkichi dunyo ko‘rsatkichining atigi 0,1 foizini tashkil etadi. 

O‘z navbatida, eng kambag‘al qit'a hisoblanuvchi Afrika emlashda ham ortda qolmoqda. Qit'adagi 54 mamlakatning uchtasidagina aholining 1 foizdan ortig‘i emlangan, 20ta davlatda esa koronavirusga qarshi emlash hali boshlanmagan.

Top