16:49 / 10.04.2021
3326

Buxoroda gazokondensat o‘g‘irlaganlar ushlandi

Viloyatning cho‘l hududlarida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda gazokondensat o‘g‘irlaganlar qo‘lga olindi.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Peshko‘ tumanida yashovchi fuqarolar A.M. va G‘.O‘. Qorako‘l tumanidagi «Uchqir» cho‘l massivida joylashgan «Gazlineftgazqazibchiqarish» MChJga qarashli gazokollektor gaz quvuridan gazokondensat tashib ketayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘tkazilgan tergov jarayonlarida ushbu jinoyatni sodir etishda yana 5 nafar shaxsning ishtirok etganligi va «Gazlineftqazibchiqarish» MChJda ishlaydigan shaxslar tomonidan moddiy manfaat evaziga sharoit yaratib berilganligi aniqlangan.

Top