14:37 / 10.04.2021
1254
Nukusda qo‘lbola usulda aroq tayyorlab sotayotgan ayol qo‘lga tushdi 

Nukus shahrida qo‘lbola usulda aroq tayyorlab sotish bilan shug‘ullangan ayol qo‘lga tushdi. Ma'lum bo‘lishicha, fuqaro o‘z uyida hech qanday hujjatlarsiz, qo‘lbola usulda tayyorlangan 0,5 litr hajmli spirtli ichimliklarning har bir shishasini 14,583 so‘mdan jami 180 shishani 2 625 000 so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. 

Tadbir natijasida fuqaroning uyida 0,5 litr hajmli 47 shisha aroq borligi aniqlangan. Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda ashyoviy dalil tariqasida olingan alkogol mahsulotlari iste'mol uchun yaroqsizligi aniqlangan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston IIV ekspert-kriminalistika bo‘limining xulosasida ashyoviy dalil tariqasida olingan, jami 227 dona aroq shishalarining og‘zidagi aksiz markalardan 7 dona marka qalbaki emasligi, qolgan 220 dona aksiz marka qalbaki ekani ko‘rsatilgan.

Top