12:37 / 10.04.2021
3441
O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik 10 nafar o‘quvchi 2021 yil 25 mart kuni Rossiya davlatida bo‘lib o‘tgan “Detalka-2020” raqamli texnologiyalar, ta'lim robotlari va nerotexnologiyalar oltinchi xalqaro tanlovida g‘olib bo‘ldi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan xalqaro tanlovda 25ta davlatdan jami 437 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etgan bo‘lib, xalqaro tanlov 3ta yosh toifasida va 2ta yo‘nalishda o‘tkazilgan.

Tanlovning “Eng yaxshi muhandislik yechimi” nominatsiyasi bo‘yicha Toshkent shahridan ishtirok etgan Sitora Islomova (jamoa sardori), Amirbek Ro‘zimuhammadov, Vladimir Budnikov, Lazizbek Bozorov, Jur'at Muhammadjonov birinchi o‘rinni egalladi.

“Eng yaxshi texnologik loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent viloyatidan ishtirok etgan Sardor Abdutohirov, Behruzbek Ismatullayev, Komronbek Umarqulov, Jasur Xudoyberdiyev, Ruslan Yusupov qo‘lga kiritdi.

Top