10:06 / 10.04.2021
1106
Qo‘qonlik shifokor Sog‘liqni saqlash vazirligiga bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishga o‘tdi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i ko‘ra, Usmonov Avazbek Tolmasovich respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Birlamchi tibbiy profilaktika yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

A.Usmonov — tibbiyot fanlari nomzodi. 1974 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. U faoliyatini Qo‘qon shahridagi 1-son shahar shifoxonasida neyrotravmatologiya bo‘limida stomatolog-xirurg vazifasidan boshlagan. Qo‘qon shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasida neyrotravmatologiya bo‘limi stomatolog-xirurgi, Qo‘qon shahar diagnostika markazi bosh shifokori vazifalarida ishlagan.

Avazbek Usmonov 2017 yildan buyon Qo‘qon shahar shoshilinch tibbiy yordam shifoxonasi bosh shifokori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Top