23:34 / 10.04.2021
4486
«Vaqf» fondi 21 ta hududda ichimlik suvi chiqardi va 2 ming oilaga oziq-ovqat xayriya qildi

«Vaqf» xayriya jamoat fondi aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj, nochor va qiyin sharoitda kun kechirayotgan qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator ishlarni amalga oshirmoqda.

O‘tgan hafta mobaynida fond tomonidan homiylarni jalb qilgan holda, ikkita yirik xayriya tadbiri amalga oshirildi. Bu haqda fond matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Ramazon oyi arafasida Qoraqalpog‘istonning ichimlik suvi tanqis 14 ta tumanidagi ovul va qishloqlarda 21 ta quduq va yer osti artezian suvlari chiqarilib, aholiga beg‘araz taqdim etilgan.

Shuningdek, o‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston bo‘ylab barcha viloyatlardagi ijtimoiy ko‘makka muhtoj 2 ming oilaga 360 mln so‘m miqdoridagi oziq-ovqat mahsulotlari Ramazon tuhfasi sifatida xayriya qilindi.

Fond ushbu xayrli ishlarga hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha vatandoshlarga minnatdorlik bildirgan.

Top