10:30 / 11.04.2021
4926
Nukusda avtoservisga yer ajratib berish uchun pora olayotgan sobiq mutaxassis qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX hamda IIVning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tezkor tadbir o‘tkazdi.

Aniqlanishicha, Nukus shahar qurilish boshqarmasi sobiq mutaxassisi K.N. fuqaro R.ga avtoservis uchun yer ajratib berishni va'da qilgan. U bu ishni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali amalga oshirmoqchi bo‘lgan.

Sobiq mutaxassis bu ish evaziga 8,5 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning xabar berishicha, holat yuzasidan K.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top