02:10 / 11.04.2021
2640
Portugaliya sobiq bosh vaziri pul yuvish va hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda

Joze Sokratesh 2014 yilda hibsga olingan va bir yilga yaqin vaqtni qamoqda o‘tkazgandi.

Foto: Reuters

Portugaliya sobiq bosh vaziri Joze Sokratesh pul yuvish v hujjatlarni soxtalashtirish ishi bo‘yicha yana sud oldida javob beradi. Bu haqda Yevronyus xabar berdi.

Shu bilan birga, Lissabon sudi unga nisbatan e'lon qilingan o‘ndan ortiq ayblovlarning da'vo muddati o‘tib ketganligini bildirgan.

Sobiq hukumat rahbari 2014 yilda hibsga olingan va bir yilga yaqin vaqtni qamoqda o‘tkazgandi.

"Yetti yil davomida Portugaliya xalqiga men haqimda noto‘g‘ri ma'lumot berishdi. Meni yolg‘on sabablar bilan hibsga olishgandi. Bugun bularning yolg‘onligi isbotlandi. Mening yashirgan boyligim borligi yolg‘on", — dedi Joze Sokratesh.

Prokuraturaning ta'kidlashicha, Sokratesh 2005 yildan 2011 yilgacha 34 million yevroni o‘zlashtirgan. U barcha ayblovlarni rad etmoqda.

Top