16:23 / 12.04.2021
7296
AQSh va Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi harbiy faolligini keskin kuchaytirdi

AQSh va Xitoy aviatashuvchi guruhlarining Janubiy Xitoy dengizida bir vaqtning o‘zida paydo bo‘lishi kam uchraydigan holatdir.

(Foto: Jason Tarleton / U.S. Navy / AP

AQSh va Xitoy Janubiy Xitoy dengizidagi harbiy faolligini keskin kuchaytirdi. Dengiz Xitoy va mintaqaning bir necha davlati o‘rtasidagi hududiy bahslar obekti hisoblanadi.

CNN telekanalining qayd etishicha, Xitoy harbiy-dengiz kuchlariga qarashli «Lyaonin» aviatashuvchi kemasi Tayvan yaqinida mashg‘ulotlarini yakunlaganidan so‘ng shanba kuni Janubiy Xitoy dengiziga kirgan. Ammo bu xabar rasman tasdiqlanmagan.

O‘z navbatida, AQShning Theodore Roosevelt atom aviatashuvchisi va USS Makin Island desant kemasi yetakchiligidagi aviatashuv zarba beruvchi guruhi Janubiy Xitoy dengizida mashg‘ulotlar o‘tkazgan. Guruh tarkibida, shuningdek, esminetslar va desant amfibiya kemalari, qiruvchi samolyotlar, vertolyotlar bor.

OAVning yozishicha, AQSh va Xitoy aviatashuvchi guruhlarining Janubiy Xitoy dengizida bir vaqtning o‘zida paydo bo‘lishi kam uchraydigan holatdir.

Xitoy, Filippin, Malayziya, Bruney va Vetnam bir necha yildan buyon Janubiy Xitoy dengizidagi Spratli arxipelagi borasida hududiy bahs olib boradi.                                         

 

Top