14:29 / 12.04.2021
2916
Hindiston koronavirus yuqtirish holatlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi
Foto: Reuters

Bungacha kasallik yuqtirish holatlari soni bo‘yicha Braziliya dunyoda ikkinchi o‘rinda edi (13,45 mln holat). Birinchi o‘rinda esa AQSh turibdi — 31,2 mln holat.

Hindiston koronavirus yuqtirish holatlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi, deb yozmoqda Times of India nashri.

Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, mamlakatda o‘tgan sutkada 168,9 mingta yangi holat qayd etilgan, 904 kishi vafot etgan.

Pandemiya boshlanganidan buyon Hindistonda kasallik yuqtirganlar soni 13,53 mln kishiga yetgan.

Bungacha kasallik yuqtirish holatlari soni bo‘yicha Braziliya dunyoda ikkinchi o‘rinda edi (13,45 mln holat). Birinchi o‘rinda esa AQSh turibdi — 31,2 mln holat.

Avvalroq Hindiston hukumati mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani sababli koronavirusni davolashda qo‘llanuvchi remdesivir dori vositasi va uni ishlab chiqarishda ishlatiluvchi farmatsevtik moddalar eksportini taqiqlab qo‘ygandi.

Top