10:47 / 12.04.2021
3691

Nukusda Xalqaro baxshichilik festivalini o‘tkazish haqida qaror qabul qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning «II Xalqaro baxshichilik san'ati festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va baxshichilik san'atini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorda ma'lum qilinishicha, 2021 yilda II Xalqaro baxshichilik san'ati festivali Nukus shahrida bo‘lib o‘tadi. Baxshichilik festivalining ochilish marosimi Nukus shahrida boshlanishi va yakuniy qismi Mo‘ynoqda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ushbu festivalni yuqori darajada o‘tkazish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Shuningdek, festivalni joriy yilda o‘tkazish muddati sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu qaror loyihasi avvalroq muhokamaga qo‘yilgan va Nukus shahrida Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini tashkil etish va o‘tkazish 2021 yil aprel oyiga mo‘ljallangan edi. Festivalni bosqichma-bosqich boshqa hududlarda tashkil etish orqali baxshichilik san'atida mavjud bo‘lgan ijod maktablarini qayta tiklash va rivojlantirish maqsad qilingan.

Mavzuga oid
Top