22:33 / 12.04.2021
4199
Yevropa ittifoqi Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

 Yevropa ittifoqi Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi va mavjud sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi.

Foto: Getty Images

Sanksiyalar ro‘yxatiga Eronda inson huquqlari buzilishiga aloqador 8 kishi va 3 kompaniya kiritildi.

 “Bugun Yevrokengash Erondagi inson huquqlari buzilishlariga javoban kiritilgan cheklovlarni 2022 yil 13 aprelgacha uzaytirdi. Sanksiyalar ro‘yxatida jami 89 kishi va 4 nafar yuridik shaxs bor”, deyilgan xabarda.

 Ta'kidlanishicha, ro‘yxatdagi jismoniy va yuridik shaxslarga repressiyalarda va telekommunikatsiyalarni kuzatishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan qurilmalarni eksport qilish hamda pul vositalari o‘tkazish taqiqlanadi.

Top