11:11 / 13.04.2021
7684
Afg‘onistonda ikki soat ichida ikkinchi zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 6ta shahrida sezildi
Foto: globallookpress.com

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 2021 yil 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:42da Afg‘onistonda yana bir zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila koordinatalari: 36,71 gradus shimoliy kenglik; 70,73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik 191 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 523 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

  • Andijon: 474 km, 2 ball;
  • Farg‘ona: 419 km, 2 ball;
  • Guliston: 453 km, 2 ball;
  • Jizzax: 455 km, 2 ball;
  • Samarqand: 464 km, 2 ball;
  • Termiz: 312 km, 2 ball.

Bundan oldin, Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi Termizda sezilgani xabar qilingandi.

Top