18:04 / 13.04.2021
1811
AQShda tromboz paydo bo‘lishi holatlari sababli Johnson & Johnson vaksinasidan foydalanishni to‘xtatib turish tavsiya qilindi

Qayd etilishicha, trombozning bu turini davolash oddiy holatlardagidan farq qiladi.

Foto: Getty Images

AQSh oziq-ovqat va dori vositalari nazorati boshqarmasi (FDA) tromboz paydo bo‘lishi holatlari sababli Johnson & Johnson kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlashni to‘xtatib turishni tavsiya qildi.

«AQShda J&J vaksinasi bilan 6,8 million dozadan ortiq emlash amalga oshirildi. Kasalliklarning oldini olish markazi (CDC) va FDA emlashdan so‘ng og‘ir turdagi tromblar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq oltita holatni o‘rganmoqda», — deyiladi boshqarma tvitterida.

 Qayd etilishicha, trombozning bu turini davolash oddiy holatlardagidan farq qiladi.

Kasalliklarning oldini olish markazi ushbu holatlarni o‘rganish va ehtimoliy xatarini baholash uchun maslahat qo‘mitasi yig‘ilishini o‘tkazadi.

Avvalroq AstraZeneca vaksinasi bilan emlanganlarda tromboz paydo bo‘lishi holatlari kuzatilgandi. Qator mamlakatlar bu vaksinadan foydalanishdan voz kechgan.

Top