07:56 / 13.04.2021
4413

Bekobod tumanida «Yoshlar - kelajagimiz» dasturi doirasida ajratilgan 301 mln so‘m talon-toroj qilindi

Bekobod tumanida 301 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Bekobod tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida, ATB “Agrobank” Bekobod filiali, “P.A.” va “U.X.” MChJ mansabdor shaxslari “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi doirasida ajratilgan 301 mln so‘m kredit mablag‘larini maqsadsiz sarflab, talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan filial va jamiyat mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top