07:42 / 13.04.2021
1842
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Surxondaryo viloyatida ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 17-22 daraja iliqni, janubiy va shimoliy hududlarda 23-28 daraja issiqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo 19-21 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.

Top