21:30 / 13.04.2021
3062
Facebook bosh direktorining xavfsizligi uchun bir yilda 23 mln dollar sarflangani ma'lum bo‘ldi

2019 yilga solishtirganda kompaniya asoschisining xavfsizligini ta'minlash xarajatlari 10 million dollarga oshgan.

Foto: Niall Carson/PA Images via Getty Images

O‘tgan yili Facebook kompaniyasi bosh direktori Mark Tsukerbergning xavfsizligini ta'minlash uchun 23 million dollar sarflangan. Bu haqda The Verge xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Facebook har yili o‘tkazadigan tekshiruvlarda "janob Tsukerbergga nisbatan tahdidlar aniqlangan".

"U Facebook sinonimi hisoblanadi va kompaniyamizga nisbatan salbiy munosabatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Tsukerberg bilan bog‘liq", - deyiladi kompaniya tomonidan.

O‘tgan yili Facebook bosh direktorining xavfsizligini ta'minlash xarajatlari koronavirus pandemiyasi sababli oshib ketgan.

Qayd etilishicha, Tsukerberg yiliga bir dollar maosh oladi va hech qanday mukofot va moddiy rag‘batlantirishlar olmaydi.

Top