08:36 / 13.04.2021
1420
Farg‘ona viloyati hokimiga yangi maslahatchi tayinlandi

Farg‘ona viloyati arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Kamolov Yusufjon Shamsiddinovich viloyat hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Yusufjon Kamolov 1978 yilda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universitetini hamda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan.

Yusufjon Kamolov O‘zbekiston tumani hokimligida, viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasida, viloyat hokimligida turli mas'ul lavozimlarda mehnat qilgan, 2014-2019 yillarda Farg‘ona viloyati davlat arxivi boshlig‘i, 2019-2019 yillarda Toshkent shahar davlat arxivi boshlig‘i bo‘lib faoliyat olib borgan.

Top