22:02 / 13.04.2021
7932
YeXHT raisi Toshkentga keldi

13 aprel kuni Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde ikki kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.

Foto: dunyo.info

O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma'lum qilishicha, Ann Kristin Linde O‘zbekiston prezidenti qabulida bo‘ladi.

«Dunyo» axborot agentligiga ko‘ra, tashrif dasturida Oliy Majlis Senati va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvlarda YeXHT doirasidagi o‘zaro hamkorlik va O‘zbekiston-Shvetsiya aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Top