08:04 / 14.04.2021
12528
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 9 apreldagi qarori bilan Baxtiyor Rahimov O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Tayinlovdan oldin B.Rahimov O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

B.Rahimov yangi lavozimida eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi samarali ishlashini ta'minlash, tarmoq va hududlar eksport salohiyatini rivojlantirish, tashqi bozorlarda kompleks marketing siyosatini olib borish, shuningdek, transport-kommunikatsiya va logistika salohiyatini, xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish masalalarini muvofiqlashtirishga mas'ul bo‘ladi.

Bundan oldinroq 2020 yildan buyon Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Anvar Asamov Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari – Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi. Rahimov investitsiya vazirligida Asamovning o‘rnini egalladi.

Bojxona qo‘mitasida esa Rahimovning o‘rniga O‘tkir Qodirov tayinlangan.

Top