07:44 / 14.04.2021
2172
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat kunning ikkinchi yarimda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 20-25 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 21-23 daraja issiqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Top