23:47 / 14.04.2021
7505

Dunyoda qandli diabetga chalinganlar soni keskin ko‘paydi – JSST

JSST bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, past va o‘rta daromadga ega mamlakatlar aholisi dori vositalari yetishmasligidan qiynalmoqda.

Keyingi 40 yil ichida dunyoda qandli diabet kasalligiga chalinganlar soni to‘rt martaga ko‘paydi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus ma'lum qildi.

"Diabetga qarshi kurashish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish zarurati har qachongidan ham yuqori. Diabetga chalinganlar soni oxirgi 40 yil davomida to‘rt baravarga oshdi. Koronavirus yuqtirib shifoxonalarda og‘ir ahvolda yotgan bemorlarning katta qismi ham diabetdan aziyat chekadiganlar", - dedi Gebreyyesus.

Uning so‘zlariga ko‘ra, past va o‘rta daromadga ega mamlakatlar aholisi dori vositalari yetishmasligidan qiynalmoqda. Bu mamlakatlarda diabetga chalinganlar glyukometr va test olish imkoniyatiga ega emas.

JSST 14 aprel - insulin kashf etilganligining 100 yilligi sanasida diabetga qarshi kurash bo‘yicha global shartnomani taqdim etmoqchi.

Mavzuga oid
Top