07:58 / 14.04.2021
20309

IIBB profilaktika inspektori ayol kishini tepayotgani aks etgan video bo‘yicha izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda profilaktika inspektori ayol kishini tepayotgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Toshkent shahar IIBB ushbu holat bo‘yicha izoh berdi.

Qayd etilishicha, mazkur videotasvir 2016 yil 11 aprel kuni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan. Unda aks etgan sobiq profilaktika inspektori I.Hoshimovga nisbatan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, u 2016 yil 14 aprel kuni ichki ishlar organlari xodimiga nomunosib xatti-harakatlarni sodir etgani sababli ichki ishlar organlari safidan bo‘shatilgan. 

“Hurmatli fuqarolar va yurtimiz mehmonlari! Ijtimoiy tarmoqlarda videotasvirlarni tarqatishda uning dastlab joylashtirilgan sanasiga e'tibor berishingizni, qonuniy chora ko‘rilgan holatlar yuzasidan sun'iy ravishda shov-shuv ko‘tarmasligingizni, har qanday vaziyatga xolisona baho berishingizni so‘raymiz”, deyiladi ma'lumotda.

Top