15:14 / 14.04.2021
5112
Kuvayt sobiq bosh vaziri hibsga olindi

Sobiq bosh vazir harbiy sohadagi mablag‘larni maqsadsiz sarflash va pora olishda ayblanmoqda.

Foto: REUTERS/Carlo Allegri

Kuvayt tarixida birinchi marta sud sobiq bosh vazir va hukmdor oila a'zosi shayx Jobir al Muborak al Hamadni sudga qadar hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi, deb xabar berdi Reuters.

Sobiq bosh vazir harbiy sohadagi mablag‘larni maqsadsiz sarflash va pora olishda ayblanmoqda.

Al Rai va Al Jarida gazetalarining yozishicha, shayx Jobir va sobiq mudofaa hamda ichki ishlar vaziri shayx Xolid al Jarroh as Saboh o‘zlariga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan. 

Ushbu ish bo‘yicha navbatdagi eshituv 27 aprelda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Sobiq bosh vazirga qarshi ish 2018 yil noyabrda qo‘zg‘atilgandi. As Saboh armiya jamg‘armasining 790 million dollar mablag‘ini talon-toroj qilishda gumonlangan. Shayx Jobir 2019 yilda bosh vazirlikdan iste'foga chiqqan, u bu lavozimni 2011 yilda egallagandi.

Top