16:00 / 14.04.2021
25875
Reklama

Mobiuz yangi hamyonbop tarif rejalarini ishga tushirdi

Foto: Mobiuz

«Mobi 25» va «Mobi 30+»ning oylik abonent to‘lovi mos ravishda 25 ming so‘m va 30 ming so‘mni tashkil etadi.

Mobiuz mutaxassislari uyali aloqa xizmatlari foydalanuvchilarning fikr va takliflarini doimiy ravishda o‘rganib kelmoqdalar. Ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, juda ko‘p sonli abonentlar mobil aloqaga oyiga 40 ming so‘mgacha sarflashga tayyor. Shunday ekan, bunday talabga mos keladigan mahsulot va xizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiq.

Bu segmentga kiradigan abonentlarga e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, Mobiuz mobil aloqa operatori moslashuvchan shartlarga ega ikkita – “Mobi 25” va “Mobi 30+” tarif rejalarini ishga tushirdi. Xususan, “Mobi 25” bo‘yicha 3 500 MB, O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar uchun 750 daqiqa va 750 ta SMS-xabar kiradi. “Mobi 30+” abonent to‘lovi doirasida 5 000 MB, 1 000 daqiqa va xabarni o‘z ichiga olgan.

Avvallari abonentlar oylik to‘lovlarni tejash maqsadida oyning oxirida tarif rejalarini o‘zgartirishlari kerak edi. “Mobi 25” va “Mobi 30+”ga istalgan vaqtda ulanish yoki o‘tishlari mumkin. Tariflarning abonent to‘lovi ulangan yoki tarifga o‘tgan kunida to‘liq olinadi, barcha to‘plamlar to‘liq hajmda taqdim etiladi.

Mobiuz'ning yangi mahsulotlari moslanuvchan – ularda kunlik abonent to‘lovga o‘tish imkoniyati bor. Masalan, abonent 22 aprel kuni “Mobi 25” tarifiga ulandi va tarif bo‘yicha oylik to‘lovni amalga oshirdi. Keyingi oylik to‘lov 22 mayda amalga oshirilishi kerak. Ammo agar o‘sha kuni abonent balansida 25 ming so‘mdan kam mablag‘ bo‘lsa, abonent raqami bandlanmaydi. Tarif avtomatik ravishda kunlik yechib olish tartibiga o‘tadi.

Mobiuz'ning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev so‘zlariga ko‘ra, kompaniya boshqa tariflar bo‘yicha ham yangiliklar e'lon qildi. Masalan, o‘ta arzon «Yengil» tarifiga ulanish imkoniyati joriy yilning iyun oyi oxirigacha uzaytirildi. Ushu tarifda barchasi (qo‘ng‘iroqlar, MB, SMS) atigi 8 so‘mdan. Abonent to‘lovi oyiga 8 ming so‘mni tashkil etadi, shu bilan birga 80 daqiqa, MB va SMS ham taqdim etiladi.

Omad Plus (500 MB, 400 daqiqa va xabarlar oyiga 12 ming so‘mga), Mobi 20” (2 000 MB, 500 daqiqa va SMS 20 ming so‘mga), Mobi 40” (8 000 MB, 1 200 daqiqa va xabar 40 ming so‘mga) hamda boshqa tariflarga ulanish ham davom etmoqda.

Mobiuz mahsulot va xizmatlari bilan www.mobi.uz veb-saytida tanishishingiz, operatorning Telegram kanalida esa (https://t.me/MOBIUZuzb) kunlik yangiliklar va foydali ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top