07:35 / 14.04.2021
1323

Navoiyliklar DXMlarning qaysi xizmatlaridan eng ko‘p foydalanayotgani ma'lum qilindi

DXA Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmatiga ko‘ra, 2021 yilning 1-choragida hududdagi DXMlar orqali aholiga 92 523 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Shundan 14 377 tasi bolani davlat MTTga joylashtirish uchun ariza berish xizmatiga to‘g‘ri keladi. 

Ma'lum qilinishicha, 1-chorakda eng ko‘p murojaatlar farzandini davlat maktabgacha ta'lim tashkilotiga navbatga qo‘yish bo‘yicha bo‘lgan. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun 14 377 ta murojaat bo‘lgan. Soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini aniqlash xizmatidan esa 13 672 nafar fuqaro foydalangan.

Shuningdek, navoiyliklar ushbu muddatda pensiya haqida (9 493 ta), ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi haqida (5 529 ta), narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi to‘g‘risida (5 283 ta), sudlanmaganlik (sudlanganlik) haqida (3 290 ta), nikoh qayd etilganligi yoki nikohda turmasligi to‘g‘risida (2 671 ta) ma'lumotnoma olish xizmatlaridan ko‘p foydalanishgan. 

O‘tgan uch oyda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi bo‘yicha 3 410 ta, kadastr pasportini shakllantirish bo‘yicha esa 2 882 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. 
 
Avvalroq, Navoiy viloyatining eng olis hududi – Tomdi tumanida davlat xizmatlari markazi binosi foydalanishga topshirilgan edi.

Top