12:15 / 14.04.2021
5636
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga matbuot kotibi tayinlandi 

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziriga matbuot kotibi tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar bermoqda.

Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Qayd etilishicha, oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga Sardorbek Urayimjonovich Usmonov tayinlandi.

Sardorbek Usmonov 1985 yil Andijon shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Tuluza siyosiy fanlar instituti magistraturasi hamda Bordo siyosiy fanlar instituti doktoranturasini tamomlagan. Siyosiy fanlar doktori (DSc) hisoblanadi.

Sardorbek Usmonov bunga qadar O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi - Spichrayteri bo‘linmasining yetakchi konsultanti lavozimida faoliyat yuritgan.

Top