17:56 / 14.04.2021
12004

O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari kamayishda davom etmoqda

O‘tgan mart oyi davomida O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 2,4 foizga kamayib, 31,6 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Joriy yil 1 aprel holati bo‘yicha, O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 31,6 milliard dollarni tashkil etmoqda. Xalqaro zaxiralarning mart oyida 0,8 milliard dollarga yoki 2,4 foizga kamayishiga oltin narxining oy boshidagi 1765,10 dollardan 1685,35 dollargacha pasayishi ta'sir ko‘rsatgan.

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 2021 yil boshiga nisbatan 2,2 milliard dollarga yoki 6,5 foizga kamaydi. Bunda oltin hajmi yil boshiga nisbatan oshgan bo‘lsa-da, oltin narxining yil boshidagi 1891,10 dollardan 1685,35 dollargacha yoki 10,9 foizga pasayishi xalqaro zaxiralar qiymatining 2,4 milliard dollarga kamayishiga sabab bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, 2021 yilning 1 mart holati bo‘yicha O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 33,2 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Avvalroq, oltin narxlari o‘tgan yilning avgust oyidagi eng yuqori ko‘rsatkichdan 19 foizga pasayib, pandemiya boshlanishidan avvalgi – 2020 yilning fevral oyidagi darajasiga qaytgani ma'lum qilingandi.

Shuningdek, Markaziy bank so‘nggi 10 yil davomida sotilgan nomonetar oltin miqdori 687 tonnani tashkil etganini xabar qilgandi.

Top