12:38 / 14.04.2021
4599
Qishloq xo‘jaligi uchun suv olish limitlari tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining “Suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv xo‘jaligi obektlaridan foydalanish borasida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan 2021 yilning mart-sentyabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish ishlari uchun suv olish limitlari tasdiqlandi.

Ular:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 4 mlrd kub;
  • Andijon viloyati — 1,757 mlrd kub;
  • Buxoro viloyati — 2,326 mlrd kub;
  • Jizzax viloyati — 1,817 mlrd kub;
  • Qashqadaryo viloyati — 3 mlrd kub;
  • Navoiy viloyati — 899 mln kub;
  • Namangan viloyati — 1,672 mlrd kub;
  • Samarqand viloyati — 2,279 mlrd kub;
  • Surxondaryo viloyati — 2,410 mlrd kub;
  • Sirdaryo viloyati — 1,648 mlrd kub;
  • Toshkent viloyati — 2,399 mlrd kub;
  • Farg‘ona viloyati — 2,115 mlrd kub;
  • Xorazm viloyati — 2,725 mlrd kub.

2021 yil 20 aprelgacha yozgi sug‘orish mavsumida suvdan foydalanish va suv iste'molchilari bo‘yicha tegishli shartnomalar to‘liq rasmiylashtiriladi.

Joriy yilda jami 100ta irrigatsiya va melioratsiya obektlari davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilinadi hamda boshqaruvga beriladi.

Suv tanqisligining oldini olish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi.

Top