13:50 / 14.04.2021
1701
Surxondaryoda fermerning yerini 120 million so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Surxondaryoda fermerlardan biriga tegishli bo‘lgan 40 sotix yerni 120 million so‘mga sotayotgan firibgar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bandixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.J. shu tumanda faoliyat olib boradigan «Ya.N.» fermer xo‘jaligi hududidan yer sotayotganda ushlangan.

Qayd etilishicha, A.J. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, «Ya.N.» fermer xo‘jaligi hududidan 40 sotix yer maydonini shaxsiy tomorqa sifatida foydalanish uchun olib berib, tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 120 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top