15:07 / 14.04.2021
16551

Toshkentda 11-sinf o‘quvchisi 68ta OTMga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi

Poytaxtning Yunusobod tumanidagi 43-sonli umumta'lim maktabining 11- sinf o‘quvchisi Saidkarim Tursunboyev xorijning 68ta oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdi.

Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 11- sinf o‘quvchisi eng yuqori ball to‘plab, ulardan bir nechtasining grantlar sohibiga aylangani aytiladi.

Qayd etilishicha, bitiruvchi Saidkarim Tursunboyev imtihon topshirgan oliy ta'lim muassasalari orasida AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Italiya, Singapur, Malayziya kabi mamlakatlarning nomdor universitetlari bor.

Bundan oldin, xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab berilishi xabar qilingandi.

Top