14:50 / 14.04.2021
17547

Toshkentda 17 yoshli yigit o‘ziga notanish bo‘lgan fuqaroni bog‘cha yonida pichoqlab qo‘ydi

2021 yil 9 aprel kuni soat 17:30larda noma'lum shaxs Toshkent shahri Olmazor tumani Beshqo‘rg‘on-4 dahasi 5- va 3-uylar orasida joylashgan 107-sonli bolalar bog‘chasi yonida bo‘la turib, unga notanish bo‘lgan 17 yoshli Elyor A. bilan hech bir sababsiz janjallashgan va pichoq bilan qorin qismiga bir marotaba urib jarohat yetkazgan

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, natijada Elyor A. qorin old devori, o‘ng oxirgi qovurg‘a ostida sanchilib kesilgan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni fuqaro 17 yoshli Farrux Z. sodir etgani, u tanishi, 17 yoshli Zafar I. bilan Og‘abek G‘. o‘zaro janjallashayotganida ajratish maqsadida borgan vaqtida u yerda bo‘lgan Elyor A. bilan janjallashib qolgani aniqlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda, deyiladi ma'lumotda. 


 

Mavzuga oid
Top