20:18 / 14.04.2021
4778
Turkiya “havo-havo” sinfidagi raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

 Turkiya “havo-havo” sinfidagi Bozdoğan raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda 14 aprelda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Twitter’dagi sahifasida ma'lum qildi. 

Foto: Tübitak SAGE

Uning ta'kidlashicha, Turkiya buning evaziga ushbu turdagi raketani ishlab chiqish texnologiyasiga ega sanoqli davlatlar qatoridan joy oldi. 

“Yosh muhandislarimiz tomonidan GÖKTUĞ loyihasi doirasida ishlab chiqilgan Bozdoğan “havo-havo” raketasi nishonni birinchi urinishdayoq yo‘q qildi”, deb yozgan Erdo‘g‘an.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Bozdoğan radiolokatsion mo‘ljalga olish tizimi bilan jihozlangan katta ta'sir radiusiga ega raketa hisoblanadi. GÖKTUĞ loyihasi doirasida “havo-havo” sinfidagi ikkita raketa - Bozdoğan va Gökdoğan ishlab chiqilgan. Ushbu raketalar AQShning 4-avloddagi F-16 qiruvchi samolyotlarida va Turkiyada ishlab chiqilgan harbiy samolyotlarda qo‘llanishi mumkin.

Top