20:25 / 14.04.2021
10382
Ukraina mudofaa vaziri Rossiya Qrim orqali hujum qilishi mumkinligini aytdi

Qayd etilishicha, Rossiya yarimorolni suv bilan ta'minlash uchun ana shu yo‘lni tutishi mumkin.

Andrey Taran

Rossiya Ukrainaga Qrim tarafdan hujum qilishi mumkin. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Andrey Taran aytdi.

Uning qayd etishicha, Rossiya yarimorolni suv bilan ta'minlash uchun ana shu yo‘lni tutishi mumkin.

Taran Rossiyaning harakatlari Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun ham xavf solishi mumkinligini ta'kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qrimga 42 ming nafar va Ukraina shimoli-sharqiy chegaralariga 110 ming nafar harbiy xizmatchi jo‘natgan. 

"Biz bu harakatlarni milliy xavfsizligimizga nisbatan real tahdid deb baholaymiz. Bizningcha, Rossiya hujumga tayyorlanmoqda va Qrim ehtimoliy front bo‘ladi", - dedi u.

Avvalroq G7 davlatlari Rossiyani Ukraina chegarasida ig‘vogarlik qilishni to‘xtatishga chaqirgandi.

Mavzu
Ukraina mojarosi
2020 yil mart oyi oxirida ukrainalik harbiylar Donbassdan berilgan artilleriya zarbalari qurboni bo‘ldi. Aprel oyi boshida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shinlarini to‘play boshladi.
Barchasi
Top