16:23 / 15.04.2021
6594

AQSh davlat kotibi Kobulga keldi

Davlat departamenti rahbarining Afg‘onistonga tashrif buyurishi to‘g‘risida rasman xabar berilmagan.

Foto: Twitter

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Kobulga keldi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib TOLO News telekanali xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Blinken Afg‘oniston rahbariyati bilan mamlakatdagi tinchlik jarayoni hamda respublikadan AQSh qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi mavzusini muhokama qiladi.

Davlat departamenti rahbarining Afg‘onistonga tashrif buyurishi to‘g‘risida rasman xabar berilmagan.

14 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarini olib chiqib ketish may oyida boshlanishini e'lon qilgandi.

Top