11:55 / 15.04.2021
84036
Islom Karimovning AQShdagi nabirasi o‘zidan 13 yosh katta rossiyalik yutuberga turmushga chiqdi

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillayeva rossiyalik vloger Amiran Sardarovga turmushga chiqdi. Maryam birinchi prezidentning kichik qizi Lola Karimova-Tillayevaning qizi hisoblanadi.

Amiran Sardarov va Maryam Tillayeva

Garchi Las-Vegasda bo‘lib o‘tgan to‘yda juftlikning yaqinlari va do‘stlari ishtirok etgani ta'kidlanayotgan bo‘lsa-da, e'lon qilingan fotosuratlardan Tillayevaning qarindoshlari to‘yda qatnashmaganini ko‘rish mumkin.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Maryam Tillayeva AQShga bundan 7 yil avval, 14 yoshida maktabda o‘qish uchun kelgan. Maryamdan 13 yosh katta bo‘lgan vloger (videoformatda faoliyat yurituvchi bloger, vlog - «video blog»ning qisqartmasi) kuyov Amiran esa 2020 yilda yangi hayot boshlash uchun AQShga ko‘chib borgan. Juftlik ijtimoiy tarmoqlar va turli bloglarda ancha faol hisoblanadi.

AQShda yashayotgan Lola Tillayevaning Maryamdan tashqari Umar va Safiya ismli boshqa farzandlari ham bor.

Top