21:35 / 15.04.2021
6582
Messi Janubiy Amerika futbolchilari uchun 50 ming doza vaksina sotib olinishiga yordam berdi

Messi Janubiy Amerikadagi musobaqalarda qatnashadigan barcha futbolchilar yozda bo‘lib o‘tadigan Amerika kubogiga qadar koronavirusga qarshi emlanib bo‘lishlarini istaydi.

Foto: EPA

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Janubiy Amerika futbolchilari uchun 50 ming doza vaksina sotib olinishiga yordam berdi, deb yozadi Football24 News.

Bu haqda Janubiy Amerika futbol federatsiyasi (KONMeBOL) rasmiy vakili Gonsalo Bellozu o‘z Twitter sahifasida ma'lum qildi.

Xabarda aytilishicha, Messi Janubiy Amerikadagi musobaqalarda qatnashadigan barcha futbolchilar yozda bo‘lib o‘tadigan Amerika kubogiga qadar koronavirusga qarshi emlanib bo‘lishlarini istaydi.

Amerika kubogi 12 iyundan 12 iyulgacha Argentina va Kolumbiyada o‘tkaziladi.

Top