15:04 / 15.04.2021
3037

Nukusda birdaniga 3 ta masjidning qurilishi boshlandi

14 aprel kuni Nukus shahrida yangidan foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan 3 ta masjidning qurilishi boshlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati xabar berdi.

Masjidlarning tamal toshini qo‘yish marosimida Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari Erkinbay Durdiyev Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyati qozisi Shamsuddin domla Bahauddinov va Nukus shahri hokimi Utemurat Panayevlar ishtirok etishgan.

Qayd etilishicha, yangi masjidlar Nukusning «Qum ao‘il», «Allaniyaz qaharman» va «Samanbay» MFYlarida quriladi.

Kun.uz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, masjidlarning har birida kamida 100 nafar namozxon ibodat amallarini qilishi mumkin. Masjidlar homiylar mablag‘alari hisobidan qurilmoqda. Shu bilan Nukusdagi masjidlar soni 7 taga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq homiylar mablag‘lari evaziga Beruniydagi 10 mingga yaqin aholiga xizmat qiladigan masjid qurilishi haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid
Top