10:31 / 15.04.2021
26815
O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bo‘yicha 2021 yilgi kunlik antirekord yangilandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 227 kishida koronavirus aniqlanib, kunlik kasallanish holatlari bo‘yicha yana antirekord qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 14 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 85730 (+227) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 8 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 25 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 42 nafari Toshkent viloyatida,
  • 129 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar,
  • Jizzax viloyatida 11 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 16 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 7 nafar,
  • Xorazm viloyatida 5 nafar,
  • Toshkent viloyatida 26 nafar,
  • Toshkent shahrida 123 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 83462 (+198) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1634 nafar bemor davolanmoqda, shundan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top