10:25 / 15.04.2021
9627
Qarshi davlat universiteti o‘zini osgan talaba ishi bo‘yicha munosabat bildirdi
Foto: KUN.UZ

Joriy yil yanvar oyida Qarshi davlat universitetida to‘lov-kontrakt asosida ikkinchi kursda tahsil olayotgan talaba o‘zini osib, joniga qasd qilgan. Shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda talaba o‘qituvchisi imtihondan o‘tishi uchun pul so‘ragani tufayli o‘zini osgan degan taxminlar bildirildi. Qarshi davlat universiteti mazkur hodisa yuzasidan munosabat bilan chiqdi.

Munosabatda ma'lum qilinishicha, marhum R.F. Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakultetining informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 2-kursida tahsil olgan. 2021 yil 26 yanvar kuni tog‘asining uyida o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Shundan so‘ng 2021 yil 29 yanvar kuni ertalab universitet psixologi A.Husanov, informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri I.Yuldoshev, guruh rahbari L.Safarov, Muborak tuman «Geolog» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi N.Ashirov hamrohligida Rustam Madaminov xonadoniga ta'ziya bildirgani borgan. U yerda marhum R.F.ning otasi guruh murabbiyi L.Safarov bilan batafsil suhbatlashgan, oilasining universitet rahbariyati va o‘qituvchilar jamoasiga hech qanday e'tirozi yo‘qligini, o‘g‘lining o‘limidan qattiq qayg‘uda ekanini bildirgan.

«Binobarin, Qarshi davlat universiteti ushbu hodisa batafsil o‘rganilgani, hech kimga tazyiq o‘tkazilmagani va hech qachon bosti-bosti qilinmaganini ma'lum qiladi!» deyiladi munosabatda.

Top