20:13 / 15.04.2021
16414
Shavkat Mirziyoyev: Birinchi prezidentimiz boshlagan ishlarni davom ettiryapmiz

Davlatimiz rahbari Samarqandga safari chog‘ida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. 

Marhumning haqiga Qur'on tilovat etildi.

O‘tganlarni yaxshi amallari bilan eslash, ruhlarini shod etish muqaddas qadriyatlarimizdandir. Ulamolar bilan suhbatda Islom Karimovning ana shunday insoniy fazilatlari yodga olindi.

– Islom aka kamtar inson edilar. Bu maqbara ham o‘zlariga munosib bo‘lgan. Bu yerga mehr berganmiz. Birinchi Prezidentimiz boshlagan ishlarni davom ettiryapmiz. Ruhlari shod bo‘lsin, ilohim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Allohdan yurtimizga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik tilab duo qilindi.

Top