15:27 / 15.04.2021
4831
Ubaydulla Mingboyev Sudyalar oliy kengashi tarkibiga kiritildi

Sudyalar oliy kengashining o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi a'zolarining yangi tarkibi tasdiqlandi.

Foto: O‘zA

O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi raisi Ubaydulla Mingboyev, mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vaziri o‘rinbosari Sodiqjon Turdiyev, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova hamda Konstitutsiyaviy sud a'zosi Qahramon O‘ljayevlar Sudyalar oliy kengashining o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiruvchi a'zolari etib tasdiqlandi.

Qonunga ko‘ra, kengash a'zolarining sudyalar orasidan tasdiqlangan o‘n bir nafar a'zosi o‘z faoliyatini doimiy asosda, sakkiz nafar a'zosi esa jamoatchilik asosida amalga oshiradi.

Ma'lumot uchun, Ubaydulla Mingboyev Sudyalar oliy kengashi raisi, Sudyalar assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston sud tizimi faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoat markazi raisi bo‘lib ishlagan.

Bundan oldin, Sudyalar oliy kengashi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritilgani xabar berilgandi

Top