08:10 / 16.04.2021
2717

16 aprel kuni respublika bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

16 aprelda kunduz kuni respublika bo‘yicha kam bulutli, quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo 22-27 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarida 30 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 23-25 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat 14-19 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Top