16:25 / 16.04.2021
16197
AQSh Afg‘onistondan olib chiqilgan qo‘shinlar qayerga joylashtirilishini ma'lum qildi

Avvalroq Bayden AQSh 1 maydan Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishini e'lon qilgandi.

Foto: Reuters

AQSh ma'muriyati Afg‘onistondan olib chiqib ketilgan qo‘shinlar Hind-Tinch okeani mintaqasiga joylashtirilishi mumkinligini bildirdi, deb yozadi United News of India.

Nashrning yozishicha, bu haqda Oq uy vakili ma'lum qilgan.

“Biz asosiy e'tiborimizni yangi chorlovlarga qaratmoqchimiz, ular esa Hind-Tinch okeani mintaqasi bilan bog‘liq”, degan u. 

U, shuningdek, ilgari Afg‘onistonga juda ko‘p e'tibor qaratilganini yozgan. 

Avvalroq Bayden AQSh 1 maydan Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqib ketishini e'lon qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlarni olib chiqib ketish 11 sentyabrgacha yakuniga yetadi. 

Top