20:00 / 16.04.2021
11914
Buxgalteriya? Coliq? QQS? Biz bilan bu muammolarni unuting!

Buxgalteriya hisobotlaridan charchadingizmi? Oylik hisob-kitob, sarf-xarajatlar, xodimlarga maosh belgilashdagi tartibsizliklar jonga tegdimi? U holda «Outsourcing» kompaniyasining arzon va ishonchli xizmatlari siz uchun!

Barchaga ma'lumki, so‘nggi uch yilda soliq qonunchiligida katta o‘zgarish bo‘ldi. Bu o‘zgarish buxgalteriyaga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirdi. Buxgalteriya deyarli raqamlashtirildi.

Tez muddatda biz ko‘nikib qolgan zerikarli buxgalteriya yangilandi. Ayniqsa, bundan biznes egalari ko‘p xavotirga tushmoqda, mutlaqo o‘zgargan buxgalteriyaga ular tayyormi? Ular raqamlashgan buxgalteriyada barcha ma'lumotlar soliq va huquq organlarida ham ko‘rinib turishiga, tadbirkorning har qadamini kuzatib turishlariga tayyormi?

Yaqin kunlardagi katta bahslarga sabab bo‘lgan QQS bilan bog‘liq muammolar hali ham barcha tadbirkorlar o‘z hisob siyosatini shaffof ko‘rsatib bera olishga tayyor emasligiga isbotladi. Hattoki, o‘ziga ishongan qonun doirasida ish yuritadigan tadbirkorlar ham soliq idorasining qora ro‘yxatiga tushib qolganining guvohi bo‘ldik.

Hech kimga sir emas, har bir tadbirkor o‘z hisob siyosatini boshqalardan sir tutadi, raqamlarni sir saqlashni lozim topadi, o‘zi boshqara oladigan hisob yuritish tizimiga ega bo‘lishni xohlaydi. Soliq idorasidan kelgan talab to‘g‘ri bo‘lgan taqdirda ham uni o‘zi qayta-qayta ko‘rib, tekshirib, to‘g‘riligiga 100 foiz amin bo‘lsagina rozi bo‘lishi mumkin.  

Demak, buxgalteriya raqamlashgan ekan, soliq idoralaridan kutilmagan paytda ortiqcha soliq to‘lash yuzasidan talabnoma kelishi mumkin. Tadbirkor esa bunday holatga doim tayyor turib, hisobini o‘zi nazorat qilib borishi lozim.

Xo‘sh, raqamlashgan buxgalteriya tizimida buni qanday eplaydi, balki bunga mutaxassis yordami kerakdir. «Outsourcing» MChJ kompaniyasi katta va kichik tashkilot, korxona, kompaniyalar uchun buxgalteriya xizmatlari, statistika va xalqaro xizmatlarni taklif etadi.

Autsorsing – bu shartnoma asosida manbalardan, ya'ni autsorsing xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar xizmatidan foydalanish. Sodda qilib aytganda, ma'lum tashkilot yoki kichik tadbirkorlik sub'yektining buxgalteriya hisobotlarini autsorsing kompaniyalari yuritadi.

Autsorsingda qanday afzalliklar bor?

1.   Bunday xizmatdan foydalansangiz, buxgalter xodim olish, unga ofis, texnika vositalarini ta'minlab berishingiz shart emas;

2.   Turli sabablarga ko‘ra, hisobotlar kechikishi kabi bahonalar ro‘y bermaydi. Xizmatning o‘zi barcha hisobotlarni vaqtida tayyorlab beradi.

Kompaniyaning ishonchli xizmati orqali oylik hisob-kitob, sarf-xarajatlar, xodimlarga maosh belgilashdagi tartibsizliklar kabi muammolardan xalos bo‘ling!

Batafsil ma'lumot uchun hoziroq qo‘ng‘iroq qiling:

+998 78 777 97 97 

+998 93 700 97 97

Telegram: t.me/Uzoutsource

Instagram: @Uzoutsource

Veb-sayt: uzoutsource.uz

Reklama huquqi asosida

Top