09:44 / 16.04.2021
2300
Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Adliya vazirligi notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritdi.

Birinchidan, ID-kartalar joriy qilingani munosabati bilan yo‘riqnoma tegishli bandlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, notarial bitimlarni amalga oshirish uchun murojaat qiladigan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar jumlasiga ID-kartalar ham kiritildi.

Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasining 18.11.2020 yildagi 726-son «Notariuslar tomonidan ayrim notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi ma'muriy reglamentlarni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilingani munosabati bilan tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Tadbirkorlik sub'yektlari – yuridik shaxslar o‘rtasidagi ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlashda (27-b.) hamda umumiy ulushli mulk ishtirokchisi ayrim bitimlarini tasdiqlashda (35-b.) notariuslar tomonidan ko‘chmas mulklarni boshqa shaxsga o‘tkazish haqidagi bitimlarni tasdiqlash ma'muriy reglamenti qoidalari qo‘llanilishi belgilandi.

Boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritildi. Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 1.04.2021 yildan kuchga kirdi.

Top