13:45 / 16.04.2021
47711
«O‘sha kunlari juda qattiq qiynalgandim». Prezident Sardoba fojiasi haqida gapirdi

Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tayotgan faollar yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev Past Darg‘om tumani hokimi Shunqor Xudoyderdiyevdan tumandagi o‘zgarishlar bo‘yicha hisobot so‘radi. Tuman hokimi 1 sentyabrga qadar “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”da faqat nogironlar qolishini va'da qildi. 

Shavkat Mirziyoyev "Sardoba" suv omborida / arxiv foto

Prezident yig‘ilganlarga qarata Bog‘dod tumani tajribasini o‘rganish zarurligini va sinovli davrlar qanday yengib o‘tilganini aytib berdi.

“Bog‘dod tumaniga boshqa tumanlar hokimlari borib o‘rganib kelyapti. Ko‘rgandirsizlar, bir qarich bo‘sh joy yo‘q, yerdan foydalanish madaniyati bor Bog‘dodda. Mana shunday madaniyatni Past Darg‘om tumanida yo‘lga qo‘ya olmaymizmi? Bir pod'yezdlik uylar qurilyapti Bog‘dodda. Sizlar ham quringlar, bir oilani vatanli qilsangiz, qancha duo qiladi sizlarni.

Yodingizda bo‘lsa, Sardobadagi suv toshqinida aytgandim: “Hali shunday paytlar bo‘ladi, odamlar orasida “Nega bizning ko‘chamizga shu suv kelmadi?” deydiganlar bo‘ladi, degandim. Mana, hamma sharoitlarini yaratib, ko‘chirib chiqardik aholini. Xuddi men aytgan gaplarni aytganlar ham bo‘ldi.

Lekin men o‘sha paytdagi holatni ko‘rib juda qiynalgandim. Bu sinov qaydan keldi, deb o‘ylangandim. Xudoga shukr, xalqimizning oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi”, deya prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top