15:02 / 16.04.2021
23803

Prezident Paxtachi tumani nomini o‘zgartirishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tgan yig‘ilish vaqtida Paxtachi tumani nomini o‘zgartirish bo‘yicha taklif bildirdi.

«Shu tuman nomi meni azaldan o‘ylantiradi. Menga shu Paxtachi degan nom yoqmaydi-da. Nega u Paxtachi bo‘lishi kerak? Tarixiy nomlar yo‘qmikin?

Tarixchilar bir o‘tirib o‘ylab ko‘rishi kerak. Axir bu hududning ham tarixiy joylari bor. O‘zimizga munosib nom qo‘yaylik», degan davlat rahbari.

2019 yilning may oyidan buyon Paxtachi tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Muzaffar Hamdamov bugungi sharoitlar haqida so‘zlab berdi.

«Ishlash uchun barcha imkoniyatlarimiz bor. Qishloqda biz uchun davlat tomonidan ajratilgan uyimizdagi sharoitlar shahardagidan yaxshi», – dedi hokim.

«Mana shu jihatni aytganingdan xursandman. Bir paytlar bu narsa meni qattiq o‘ylantirardi. Kadrlarni joylarga jo‘natardik, ammo kerakli sharoit qilib berilmasdi. U o‘zi borishi mumkin, lekin oilasiga zarur sharoit yo‘qligi muammo bo‘lardi. Mana, hozir barcha sharoitlarni yaratib berdik», – dedi prezident.

Top